
Sanoat texnologiyasi fakultetida Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi va Texnologik mashina va jihozlar taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtti. Uchrashuvga “Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasi kadrlar boʻlimidan T.Yernazarov, O.Mambetlepesovlar qatnashdi. Uchrashuvni fakultet dekani R.Qurbaniyazov ochib berdi va boshqarib bordi. Uchrashuvdan asosiy maqsad 60721100 – Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi, 60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarining ishlab chiqarish korxonalariga mosligini, 2022/2023 oʻquv yilida utilayotgan ixtisoslik fanlarining mavzulari zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari talablariga mosligini, Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi va Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) 2-kursdan eʼtiboran korxonalarda amaliyotlarni tizimli oʻtkazishda va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarishda oʻtkazishni tashkillashtirishni, «Neft va gaz texnologiyasi» kafedrasining 2-kurs bitiruvchi magistrlarini ishga joylashtirishni muhokama qilish hamda «Neft va gaz texnologiyasi» kafedrasining professor-oʻqituvchilari tomonidan korxonadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ilimiy va amaliy birga ishlash boʻyicha fikir almashish va takliflarni oʻrganib chiqishdan iborat.

Uchrashuvni fakultet dekani R.Qurbaniyazov ochib berdi va boshqarib bordi. Dastlab u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8 – oktabrdagi PF-5847-son Prezident Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtkazilgan videoselektor majlisining 34-sonli bayonining ijrosini taʼminlash boʻyicha chora tadbirlar bilan tanishtirib oʻtdi. Soʻng kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha «Neft va gaz texnologiyasi» mudiri T.Naubeyev 60721100 – Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi oʻquv rejalarini ishlab chiqarish korxonalariga mosligin muhokama haqida aytib oʻtdi. Bu boʻyicha “Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasi kadrlar boʻlimi boshligʻi Mambetlepesov Oralbay mutaxasislarni dasturchilik va chet tili fanlariga aloxida etibor berish kerakligini va oʻquv rejada amalyotlarning koʻpligi talabalarning bilimini yanada ortirishini aytib oʻtdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.f.d. A.Mambetsheripova 60720700 – Texnologik mashinalar va jixozlar (kimyo sanoati) taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejalarini ishlab chiqarish korhanalariga mosligi, bu boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. muxokama haqida aytib oʻtdi Kun tartibidagi uchinchi masala boʻyicha «Neft va gaz texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) N.Yusupova 2022-2023 oʻquv yilida oʻtilayotgan ixtisoslik fanlarining mavzulari zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari talablariga mosligini muxakama qilishga chaqirdi. U oʻz soʻzida 60721100 – Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi ixtisoslik bitiruvchilarini yetishtirishda sifatli kadrlarni zamonaviy ishlab chiqarish korxonalariga toʻliq javob beradigan mutaxassislarni tayorlash boʻyicha “Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasi kadrlar boʻlimidan Yernazarov Tursinbay, Mambetlepesov Oralbaylar amaliy mashgʻulotlarni oʻz korxonalarida oʻtish takliflarini bildirdi va tavsiyalar berildi va bitkazuvchi talabalar oʻrtasida har oyning 10 – sanasida korxona va kafedra tomonidan mutaxassisilik fanlardan tuzilgan testlardan test sinovlarini topshirish boʻyicha tavsiyalar berdi. Test sinovlaridan yaxshi va aʼlo darajada topshirgan talabarni korxonaga suhbat asosida ishga olishligin aytib oʻtdi.

Neft va neftgazni qayta ishlash texnologiyasi va Texnologik mashinalar va jixozlar (kimyo sanoati) 2-kursdan eʼtiboran korxonalarda amaliyotlarni tizimli oʻtkazishda va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarishda oʻtkazishni tashkillashtirish boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi mudiri t.f.d (PhD) A.Mambetsheripovaning va «Neft va gaz texnologiyasi» mudiri T.Naubeyevning bayonoti qildi Bu boʻyicha “Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasi kadrlar boʻlimidan Yernazarov Tursinbay, Mambetlepesov Oralbaylar amaliyotlarni va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni oʻz korxonalarida oʻtash kerakligini aytib shartnomalar tuzildi.
Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha Fakultet dekani R.Qurbaniyazov «Neft va gaz texnologiyasi» kafedrasining professor-oʻqituvchilari tomonidan korxonadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ilimiy va amaliy birga ishlashga chaqirdi. Kun tartibidagi oltinchi masala boʻyicha «Neft va gaz texnologiyasi» kafedrasining 2-kurs bitiruvchi magistrlarini ishga joylashtirish boʻyicha (“Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasi kadrlar boʻlimidan Yernazarov Tursinbay, Mambetlepesov Oralbaylar (“Uz – Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasitomoni joriya qilinib borilayoigan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida va ularda qanday qilib qatnashish boʻyicha oʻz koʻrsatmalarini berdi.
