Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv

Bugun O‘zbek filologiyasi fakultetida Xalq ta’lim vazirligi xodimlari va bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi yosh bitiruvchilarni hozirdan ish joylariga biriktirish, ularni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishga joylashtirish hamda hozirda shahar va tuman  maktablarida o‘zbek tili, turkman tili va qozoq tili fanlaridan vakant soatlar va vakant o‘rinlar uchun ishga joylashish uchun shartnoma tuzishdan iborat bo‘ldi.

 Bundan tashqari xalq ta’lim bo‘limi mudirlari o‘zlarida mavjud ehtiyojni bildirdilar va shu yerning o‘zida bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbatlashib, ularga mavjud vakant joylarni taklif qildilar. Hozirgi kunda Xalq ta’lim vazirligining xt.uz.edu.uz saytida shahar va tuman maktablaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilganligini va shu bo‘yicha ham ish bilan ta’minlanish imkoniyati borligini aytib o‘tdilar.  Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha umuman yangicha yondoshuv asosida uchrashuv tashkil etilishi ikki tomon uchun ham juda foydali bo‘ldi.

 

 

Foydali havolalar