Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti huzuridagi yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajalarini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02-raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 10-dekabrdagi majlisida ikkita tadqiqotchining dissertatsiya ishi himoyasi, xususan, Qoraqalpoq davlat universiteti professori, yuridik fanlari doktori Yelizaveta Duysenbayevna Kutıbayeva ilmiy rahbarligida Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Amaniyazova Sveta Bayniyazovnaning 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi boʻyicha «Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamlashtirish tizimini qoʻllanishining huquqiy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi va yuridik fanlari doktori, professor Svetlana Mixaylovna Selimanova ilmiy rahbarligida mustaqil tadqiqotchi Gʻoyibov Joʻrabek Choriyevichning 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini maʼmuriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi, 2022 yil 19-dekabrdagi majlisida mustaqil tadqiqotchi Berdiyev Alisher Turayevichning «Ichki ishlar organlarida qonuniylik va xizmat intizomini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish» mavzusidagi yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyalari boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.yu.20.02-raqamli ilmiy kengash asosidagi 12.00.01- “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. huquqiy taʼlimotlar tarixi” ixtisosligi boʻyicha bir martalik ilmiy kengashning 2022 yil 26 dekabrdagi majlisida Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchilari Burxanova Shiyrin Jamshitovnaning “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini takomillashtirish” va Sabirov Baxram Nizamatdinovichning «Oʻzbekiston Respublikasida noqonuniy lobbizm faoliyatiga qarshi kurashishning nazariy jihatlari” mavzusidagi yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyalari boʻlib oʻtdi. Dissertatsiya himoyalari savol-javoblarga boy, qizgʻin bahs-munozaralar bilan mazmunli oʻtdi.
