
Joriy yilning 16 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlash bo‘yicha prorektor S.Alauatdinovlar yotoqxonadagi talaba-yoshlarning holidan xabar olib, ular bilan bir dasturxon atrofida suhbatlashdi.
Suhbat davomida rektor A.Reymov yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, yoshlarning bilim olishi uchun ko‘proq o‘zlarining imkoniyatlari va tajribalarini oshirishga xizmat qiladigan kitoblarni o‘qib borishi, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.
Universitet yotoqxonasida yashaydigan talaba-yoshlar rektorat tarafidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan nihoyatda mamnun ekanligini aytib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi





