1971-yil 2-fevral kuni Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Konventsiya imzolandi. Hujjat imzolangan kun, ya’ni 2-fevral — “Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni” (World Wetlands Day – WWD) sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu kun munosabati bilan, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti, Janubiy Usturt milliy tabiat bogʻi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida talabalar, maktab oʻquvchilariga seminar oʻtkazildi.
