
Bugun O‘zbek filologiyasi fakultetida “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!”, “O‘g‘riga imkon berma” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov, Nukus shahri IIOFMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inpektori podpolkovnik A.Namenova va universitet profilaktika inspektori I.Yerejepov, R.Taspayevalar qatnashdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yoshlar o’rtasida suitsid (o’z joniga qasd qilish) ni kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatlar sonini kamaytirish va butunlay yo‘q qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida foydali ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Barcha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etishdi va savollariga tegishli javoblar olishdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirdan barcha talabalar o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.

Tyutor sifatida shuni aytmoqchimanki, yoshlarning bu boradagi asosiy maqsadlarini jamiyatda, tengdoshlari orasida turli jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganib, ularni oldini olishimiz kerak. Biz xalqimizga kerakli, yuksak salohiyatli kadr yetishtirish kabi oliyjanob niyatlarni maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘lda doimo izlanishda bo‘lamiz.
O‘zbek filologiyasi fakulteti
tyutori J.Saparniyazov
