Yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish

Ko‘pchilik yoshlarning tadbirkorlikka qiziqishi katta bo‘lgani bilan ular kerakli ko‘nikmalarga ega emas. Shu bois, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni biznesdagi “risklar” ga o‘rgatish zarur. Shu maqsadda O‘zbek filologiyasi fakultetida tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov, “Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bosh mutaxassislari G.Bazarbayeva  va A.Jumanazarovalar qatnashdi. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida tuzilgan tashkilotidir.

 Uchrashuv davomida “Yoshlar markazida” an’anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslari tashkil etilganligi va u yerda o‘zingiz xohlagan yo‘nalish bo‘yicha ish olib borish mumkinligi haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qildilar va savollariga to‘liq javoblarni oldilar.

 

 

 

 

Foydali havolalar