Yangi Konstitutsiya – yoshlar nigohida

Chet tillar fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Ametova tashabbusi bilan yangilanayotgan Konstitutsiyamizning referendumiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyili yoshlarning rolini oshirish va ularning huquqiy savodxonligini mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.Allauatdinov, rektorning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi I.Seytnazarova, Chet tillar fakulteti dekani J.Qurbonboyev so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga ko‘paytirilganligi, shuningdek, 128 ta maqoladan 91 tasida konseptual o‘zgarishlar kiritilganligi haqida aytib o‘tdilar. Umuman olganda, Konstitutsiya 65 foizga o‘zgartirilgan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlarning ma’naviy-intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy kamoloti va kamol topishi, ularning bilim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, bandligini ta’minlash  va dam olish huquqlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilayotganini ishonch bilan qayd etdilar.

Shuningdek, fakultetimiz talabalari yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, davlatimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini ta’kidladilar. Ular esa to‘la ishonch bilan barchani o‘z mehnati, o‘qishi bilan hayotni yorug‘, go‘zal, mazmunli qilishga undadilar.

Hech kim kelajakni bashorat qila olmaydi, lekin eng muhimi, buyuk davlatimiz taraqqiyotiga faqat yoshlar hissa qo‘shishi mumkin. Bayram yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan artisti Maxset O‘temuratov chiqish qildi. Shuningdek, barchani bayram bilan tabriklab, yoshlarni 2023-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi. Sevimli san’atkorimizning chiqishlari ushbu voqeaning haqiqiy bayramiga aylandi.

Tadbirning barcha ishtirokchilari bo‘lajak referendum xalqning jamiyatdagi o‘zgarishlarga munosabati ko‘zgusi, degan fikrda bir ovozdan fikr bildirdi. Biz Konstitutsiyamizni qabul qilish arafasida turibmiz, bu haqda mamlakatimizning barcha fuqarolari “Bu meniki, sizniki, bizniki, umumbashariy Konstitutsiyamiz” deb ishonch bilan ayta oladi, bu butun jamiyatimiz uchun zarurdir.

 

Ametova Muhabbat – Berdaq nomidagi QQDU Chet tillar fakulteti

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi

 

     

 

Foydali havolalar