O‘zbek filologiyasi fakultetida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani M.Kurbaniyazov ochib berdi. Afg‘on urushi qatnashchilari Qudaybergenov Maqsetbay va Berdiyev Jarasbaylar tadbir mehmonlari bo‘lishdi. Ular chiqib gapirishlarida Afg‘oniston voqealari bo‘yicha talabalar bilan o‘rtoqlashdilar va bugungi tinch o‘tayotgan har kunimizga shukr qilishimiz kerakligini aytdilar.
9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib, 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi. Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir. Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, “9- may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!