
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyo-texnologiya va Matematika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Unda Kimyo-texnologiya fakulteti dekan muovini G‘.Sultanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va majlis mavzusi, ma’ruzachilar bilan majlis ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan so‘ng Yuridika fakulteti «Korrupsiyaga qarshi kurashish» klubi talabalarining ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada talaba yoshlarga korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, bu illatning kelib chiqish sabablari, ushbu jinoyatga qarshi kurashishning yangi yo‘nalishlari haqida xabar berdi. Barcha talabalarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish” klubi faoliyatida faol bo‘lishga chaqirdi.
Shuningdek, Yuridika fakuteti “Korrupsiyaga qarshi kurashish” klubi talabalari J.Abdullaev, R.Ayapbergenov, S.Tavmuratov, S.Mambetkarimov va J.Xudaybergenovlar ma’ruza qilib, talabalarga bugungi respublikadagi korrupsion jinoyatlarga beriladigan jazolar, umumiy jinoyatchilikning ahvoli, tez-tez uchrab turgan noqonuniy holatlarning jinoiy tavsifi haqida talabalarga ma’ruza qilib, berilgan savollarga jonli vaziyatlar bilan javob berdi. Tadbir so‘ngida barchani korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishda faollikka chaqirdi. Klub a’zosi J.Abdullaev korrupsion omillarni yo‘qotish kerakligini e’tirof etib, yoshlarni faollikga chaqirdi.
