Joriy yilning 9-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlar oyligi munosabati bilan “Biz bir oila farzandlarimiz!” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. Unda Ózbekiston Respublikası Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Kayupov universitetimiz rektorı A.Reymov, barcha prorektorlar, fakultet dekanları va talaba-yoshlar qatnashdi.
Dastlab, festivalnı Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov ochib berdi va barcha talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida bugungi kunda universitetimizda 16 dan ziyod turli millat vakillari bir oila farzandidek bo‘lib, teng huquqli va o‘zaro totuvlikda o‘qib, bilim olayotganligi, shuningdek, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odat va an’analarini muhofaza qilish va rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Kayupov so‘zga chiqib, Hurmatli Prezidentimizning mamlakatimizda ta’lim sohasiga bo‘lgan alohida e’tibori, talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklari, shuningdek, jamiyatimizda o‘qib bilim olaman degan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilganligini ta’kidlab, barcha talaba-yoshlarni 30-iyun yoshlar kúni bilan qizg‘in tabrikladi.

Shu bilan bir qatorda, mehmonlar festival doirasida o‘tkazilgan tanlovlar, sport musobaqalari, yosh rassomlarning ko‘rgazmasini tomosha qilib, talaba-yoshlar bilan birgalikda tanlov ishtirokchisiga aylandi. O‘tkazilgan festivalda talaba-yoshlar psixologik treningler, yosh rassomlarning ko‘rgazmasi, turli xil cholg‘u asboblari, sport musobaqalari (basketbol, valeybol va badminton), “Karaoke party”, “Flashmob” do‘stlikni ifodalovchi raqslarda faol ishtirok etdilar. Festival universitetimizning san’atshunoslik fakultetining iste’dodli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, yoshlar uchun diskoteka hamda boshqa madaniy tadbirlarbilan davom etdi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, millatlarning har tomonlama rivojlanishi, ularning milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odatlarining yanada rivojlanishiga mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ko‘p millatli xalqimizning millatlararo totuvlikni mustahkamlash Ona-Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.
QDU matbuot xizmati




