Test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sport saroyi va sport zalida davlat test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu erda abiturientlarning ota-onalari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ushbu test imtihon jarayonlarini kuzatish hamda ota-onalar bilan suhbatlashish maqsadida bugun Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Kayupovlar test imtihonlari o‘tkazilayotgan joylarda bo‘ldilar.

Dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ota-onalar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Sрundan so‘ng mamlakatimizda ta’lim sohasidagi rivojlanishlar va yangi islohotlar haqida gapirib, barcha abiturientlarga omad tiladi.

       

Foydali havolalar