AXBOROT XATI

Qoraqalpoq ziyolilari ommaviy qatagʻon qilingan sananing (1938-yil 13-oktyabr) 85 yilligiga bagʻishlangan “Qoraqalpogʻistonda qatagʻon davri tarixining oʻrganilishi: yutuqlar, muammolar va yondashuvlar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AXBOROT XATI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Qoraqalpoq davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi Sizni 2023-yil 13-14-oktyabrda oʻtkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy maʼruza va tezislar bilan ishtirok etishga taklif qiladi.

Konferensiyaning oʻtkazilishiga asos boʻlgan meʼyoriy hujjat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ularning xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5598-son farmoyishi.
Konferensiya tashkilotchilari: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Qoraqalpoq davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Tarix fakulteti.
Oʻtkazilish vaqti va joyi: 2023-yil 13-14-oktyabr, Nukus shahri
Anjumanning maqsad va vazifalari:
1) Qoraqalpogʻistonda qatagʻon davri tarixining oʻrganilishi konsepsiyasini tahlil qilish;
2) zamonaviy tarixshunoslikda qatagʻon davri tarixining oʻrganilishi va yoritilishiga milliy gʻoya hamda “Uchinchi renessans asoslarini yaratish” tamoyili talablaridan kelib chiqqan holda baho berish;
3) mamlakatimiz fuqarolarini va ayniqsa yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash;
4) kelajakda qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini yanada chuqurroq oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash hamda xalqimizga qaytarish borasidagi konseptual muammolarni muhokama etish.
Anjumanning ilmiy yoʻnalishi: Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonning mustamlaka davri va eng yangi davri tarixi

Muhokama qilinadigan muammolar:
1) 1860-1991-yillardagi qatagʻonlarning milliy gʻoya nuqtai nazaridan tadqiq etilishi va yoritilishi;
2) Qatagʻonga uchragan taniqli jamoat arboblari, fan va madaniyat, maorif namoyondalari hayoti, faoliyati, ilmiy hamda adabiy merosining oʻrganilishi va xalqqa taqdim etilishi;
3) Oʻzbekistondagi qatagʻon davri tarixiga xorijiy mutaxassislar yondoshuvlarining qiyosiy tahlili;
4) Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatagʻon qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991-yildan keyingi davr)
5) MDH va Oʻzbekiston tarixiy muzeylarida Sovet davri qatagʻonining yoritilishidagi uslub va yondashuvlar
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishni istaganlar, tezislarni Qoraqalpoq davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga 2023-yil 30-sentyabr sanasiga qadar yuborishingizni suraymiz.
Konferensiya materiallari toʻplamini chop etish nazarda tutilgan. Konferensiyaga quyilgan tartib qoydalari:
Maqola matnlari ilmiy, texnik va metodik tomonidan redaktorlangan, koʻlami 5 betdan oshmasligi, Times New Roman 14 shriftida, A 4 formatta, 1,5 intervalda, yoʻqaridan 2.0 sm, pastdan 2.0 sm, soʻldan 3.0 sm, ungdan 1.5 sm, abzas boshidagi oraliq – 1 sm, formatta boʻlishi;
Maqolalar qogʻazda va elektron variantlarda (DOCRTF formatta) topshiriladi;
Fayl nomi, muallifning familiyasi va ismi bilan yozilgan boʻlishi;
Maqolaning mavzusi bosh harflar bilan, muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ish joyi toʻliq koʻrsatilishi kerak;
Siltamalar (snoska) matn ishida, toʻrtburchak qavs ishiga manba avtori familiyasi, nashr yili va beti yoziladi. Namuna: [Qudiyarov 2023, 3-b].
Foydalanilgan adabiyotlar maqolaning soʻngida alfavit tartibida beriladi.
Tashkillashtiruvchi komissiya tomonidan yoʻqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar va talablarga muvofiq tayyorlangan materiallarni qoraqalpoq, oʻzbek, rus tillarida qabul qilinadi.
Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Ch.Abdirov koʻchasi №1, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi.
Taqdim etilgan maqolalar taqrizdan utkazilib, nashrga tavsiya etilgannan soʻng ilmiy toʻplamga kiritiladi va badal poʻli toʻlangannan soʻng (75 000 soʻm) chop etiladi.
Konferensiya formati: onlayn va offlayn
Maqolalarning qabul qilinishiga javobgar: Usnatdinova Nasiba
Elektron pochta manzili:
Telegram nomer: +998 97 789 01 10, +99890 576 31 95
Telefon nomer: +998 97 789 01 10, +99890 576 31 95, +99888 353 59 23

Foydali havolalar