
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Polessk davlat universitetida universitet rektori Valeriy Ivanovich Dunay Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori Reymov Axmed Mambetkarimovichga nufuzli unvon berilganligi haqidagi diplomni tantanali ravishda topshirdi.
Tantanali tadbirda oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, Polessk davlat universitetida tahsil olayotgan Qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar ham ishtirok etdi. Ma’lumot uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti vakillarining Polesye davlat universitetiga dastlabki rasmiy safari 2021-yil 18-may kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha paytda ikkita ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishilib, hozirda ushbu loyihalar amaliyotga to‘liq tatbiq qilingan.
Tantanali tadbir yakunida Axmed Mambetkarimovich «Polessk davlat universitetining faxriy professori» unvonini berayotgani va bunday yuksak ishonch uchun universitet rektoriga, shuningdek, qatnashuvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda ikkita ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashuv hamda o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.
Eslatib oʻtamiz, bundan ikki yil avval Belarussiya davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik muntazam olib borilayotganligi va bu borada ikki tomonlama manfaatli yutuqlarga erishilib kelinayotganligi, shuningdek, ta’lim va fan sohasida xalqarolashtirish va Oʻzbekiston-Belarus hamkorligini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Belorussiya davlat texnologiya universiteti tomonidan «Belorussiya davlat texnologiya universiteti rivojlanishiga qoʻshgan xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan edi.
Bizda oʻz navbatida, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi Reymov Axmed Mambetkarimovichti tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
QDU matbuot xizmati

