Birinchi kurs talabalari uchrashuvi

QDU «Chet tillar» fakultetining «Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasida birinchi kurs talabalari bilan an’anaviy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda fakultet dekani dotsent Dj.Kurbonboyev, kafedra mudiri dotsent Z. Uteshova, katta oʻqituvchi F. Atashova va kafedraning boshqa oʻqituvchilari, dekanat vakillari va fakultet tyutorlari ishtirok etdi. Ular talabalarni universitetimizga oʻqishga kiruv munosabati va yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

Koʻp yillar davomida bunday uchrashuv bizning ta’lim muassasamizda mavjud boʻlgan yorqin an’analardan biri boʻlib kelgan. Birinchi kurs talabasi boʻlish har bir talaba hayotidagi muhim va hayajonli lahza boʻlib, yorqin his-tuygʻular va unutilmas taassurotlarga toʻla. Bunday uchrashuvning maqsadi birinchi kurs talabalarini fakultet an’analari, fakultet va kafedra tarixi, ingliz tili va adabiyoti kafedrasining asoschisi boʻlgan olimlar va oʻqituvchilar bilan tanishtirish, shuningdek, oliy oʻquv dargoyida birinchi kurs talabalarini uchun yangi oʻquv sharoitlariga yanada muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradigan talabalar jamoasini birlashtirish hisoblanadi.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Foydali havolalar