Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i B. Shamuratov va Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Sh. Hasanovlarning universitet tayanch doktorantlari va stajyor-tadqiqotchilari bilan uchrashuvi bo‘lin o‘tdi. Ushrashuv davomida ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi va tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish, chet tillarini bilish darajasini oshirish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini e’lon qilish uchun ilmiy jurnallar tanlash va ma’lumotlar bazasining resurslari, ularning dissertatsiya ishini amalga oshirishdagi ahamiyati bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv yakunida yosh olimlar bilan o‘tkaziladigan bu kabi uchrashuvlar ilmiy faoliyatining samaradorligini oshirishga va ilmiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam berishi ta’kidlab o‘tildi.
Bundan so‘ng mehmonlar universitet “Bioekologiya” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida bo‘lib, talabalar va yosh olimlar uchun yaratilgan sharoitlar, bu bu yerdagi asbop-uskunalar va amalga oshirilayotgan tajriba ishlari bilan yaqindan tanishdilar.



