Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi ta’lim yoʻnalishlari 1-kursga tavsiya etilgan talabalar 2023-yil 3-oktabrdan oʻquv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha oʻquv jarayonlariga 10 kunga chaqirtirilishini e’lon qiladi. 1-kurslarga tavsiya etilgan talabalar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati, diplom yoki attestatining asl nusxasi (ilovasi bilan), 3,5×4,5 xajmdagi fotosurati (12 dona), abituriyent ruxsatnomasi va oʻqishga tavsiya etilganligi haqida javob varaqasi, imtiyoz asosida tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beradigan hujjatning asl nusxasini sirtqi boʻlim dekanatiga olib kelishlari shart.
Oʻquv jarayonlari Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, Filologiya va tillarni oʻqitish: qoraqalpoq tili, jurnalistika, jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishlariga Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shaxridagi binolarida tashkil etiladi. Boshqa yoʻnalishlarda oʻquv jarayonlari universitetning Xalqabad shaxarchasida joylashgan 8-oʻquv binosida tashkil etiladi.