Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorchilik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Har yili 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlanadi. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tibor saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har bir inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.
Xalqimizda shunday bir naql bor: “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim – tarbiya ber” – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir.
Ko‘z nuri va qalb qo‘rini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag‘ishlagan azizlarimizni samimiy qutlab, minnatdorchilik bildirish biz shogirdlar uchun ham qarz, ham farzdir!
