Yangi loyiha o‘z faoliyatini boshladi

 

Bugungi kunda yurtimizda o’z ona tilini bilish bilan birga chet tillarini o’rganish zamon talabiga aylanmoqda. Shu jumladan  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri joriy yilning 28-sentabr kuni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan»  Uni Academy»loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Alawatdinov so‘zga chiqib, bugungi kunda chet tillarini o‘rganish ayniqsa, ingliz tili o’rganishga katta ahamiyat berilayotgani to‘g‘risida takidlab o‘tdi.

Ushbu loyiha chet tillari fakulteti talabalari  tomonidan tashkil qilinib, unda  xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talaba yoshlar  dars beradi.  «Uni Academy»o‘quv kurslari  ingiliz, rus tillarini o‘z ona tilingizda bepul  o‘rgatish imkoniyatiga ega. Loyiha tashkil qilinishidan asosiy maqsad yoshlarni   til o‘rganishga  chorlash, til bilgan talabalar safini yanada kengaytirishdan iborat.

 

S.Erkinova, QDU 4-bosqich talabasi

 

 

Foydali havolalar