Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish

Bugun O‘zbek filologiyasi fakultetida  “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish” mavzusida Yuridika fakulteti “Street Law” klubi a’zolari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov ochib berdi. Talaba-yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalardan himoyalashning samarali uslublari va ularning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, hudud va chegara bilmaydigan jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotganligini aytib o‘tdi.

 Yuridika fakulteti yoshlar yetakchisi A.Usmonov o‘z so‘zida yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o‘z tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash kerak ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz alkogol mahsulotlariga ruju qo‘yayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli to‘g‘risida ham talaba-yoshlarga tushunchalar berib o‘tishdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga “Street Law” klubi a’zolari tomonidan to‘liq va aniq javoblar berildi. Yuridika fakulteti “Street Law” klubi a’zolariga, O‘zbek filologiyasi fakulteti nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

Foydali havolalar