QQDUda Jahon banki xalqaro eksperti Sergey Makarov tomonidan seminar-trening o‘tkazildi  

Joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida ikki kunga mo‘ljallangan “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening Jahon banki konsultanti, texnologiyalarni tijoratlashtirish va biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert Sergey Makarov tomonidan  olib borildi. Treningga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh olimlar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Seminar-treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad hududlardagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga qiziquvchi yosh olimlar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash orqali texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash, MUNIS loyihasining investitsion dasturlarida ishtirok etish uchun tadqiqotchilar auditoriyasini yanada kengaytirish hisoblanadi. Seminar-trening ikki kun davomida yo‘qori darajada, fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tkazildi hamda barcha ishtirokchilar startap loyihalarini ishlab chiqish, uni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini oldi.

 

 

 

 

Foydali havolalar