Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 2023-yil 27-oktyabrdagi 1-01/2291-sonli axborot xatiga ko‘ra universitet tomonidan joriy yilning 16-17 noyabr kunlari «Integrated Innovative Development of Zarafshan Region: Achievements, Challenges and Prospects» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan mazkur xalqaro ilmiy-texnik anjumanda universitetning professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.
