«Do‘stlik oshi»

O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida 22-noyabr kuni «Do‘stlik oshi» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda 1-2-3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.  Bu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom muhitni tashkil etish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy taomimiz bo‘lmish osh tayyorlash usullari bilan yaqindan tanishtirish uni tayyorlash an’analarini, usullarini targ‘ib qilishdan iborat.

Tanlovda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini G‘.Urazbayev professor-o‘qituvchilar, fakultet tyutorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Har bir viloyatni o‘ziga xos oshlari o‘zgacha usulda tayyorlandi. Tanlov so‘ngida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va tashakkurnoma va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Foydali havolalar