
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida «Huquqiy savodxonlik oyligi» doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va tyutorlar uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston — huquqiy savodxonlik» mavzusida seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Alawatdinov talabalar o‘rtasida mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi.
Seminarda Yuridika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarga huquq sohasidagi islohotlar, yangi qonun hujjatlari, ishtirokchilar uchun muhim bo‘lgan qonun hujjatlaridagi moddalar haqida tushuncha berildi. Seminarni tashkil etilishidan asosiy maqsad “Huquqiy savodxonlik oyligi” davomida yoshlarimizda Konstitutsiyamiz, uning normalari asosida qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishdir.
