GIS bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida 25-28-noyabr kunlari GIS dasturlari bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi. Bunda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tuproq geografiyasi kafedrasi, kartografiya va tuproq diagnostikasi laboratoriyasi ilmiy xodimi Vasilisa Kirillova va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tuproq geografiyasi kafedrasi, kartografiya va tuproq diagnostikasi laboratoriyasi doktoranti Olga Pogorelovalar, QGIS, Google Earth Pro va MapInfo dasturlarida ishlash, tuproq va massiv kartalarni fazoviy bog‘lash, ko’plab ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilish usullarini o‘rgatdi.

Ushbu seminar treningda fakultetimizdan, «Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar» kafedrasi mudiri, dotsent Ya.G.Xudaybergenov va «Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya» kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi O.G.Sultashovalar so‘zga chiqdi. «Geodeziya va geoinformatika» magistratura mutaxassisligi va «Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari 4 kun davomida GIS dasturlari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Foydali havolalar