
Bugungi kuni mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirishga a’lohida e’tibor qaratilayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan birga ishlashish Memorandumi asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tajriba almashish ishlari amalga oshirilmoqda. Mana shunday Oliy ta’lim muassasalarining biri Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti bo‘lib, bu universitet Qozog‘istonda Top 1000 likga kirgan eng katta va kuchli 6 ta universitetning biri hisoblanadi. Bugungi kuni Qoraqalpoq davlat universiteti bilan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti o‘rtasida birga ishlashish va tajriba almashish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 4 dekabr sanasidan boshlab Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Q.Kaipov, T.Juginisov, M.Allamuratov, X.Tursunboev, A.Xabibullaev va J.Oteulievlar Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpoq davlat universitetining Biologiya fakulteti bilan universitetning Agrobiologiya fakulteti orasida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishdir.
Xizmat safari davomida Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari dastlab boshqarma boshlig‘i, prof. Aynura Qayirbayevna bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari orasida laboratoriyalarda ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha va kelajakda qilinadigan ishlar haqida kelishib oldi. Safarning ikkinchi kuni professor-o‘qituvchilar O‘simliklarni ximoya qilish instituti laboratoriya ishlari bilan tanishdi. U yerda Ж.Жиембаев nomidagi Qozoq o‘simlikni ximoya qilish va karantin boshqarmasi boshlig‘i, б.ф.н., professor Б.Дуйсенбеков bilan uchrashdi. Uchrashuvda olib borilayotgan ilmiy ishlar, uning bo‘limlari haqida yaqindan tanishdi va ilmiy-tadaqiqot ishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan konferensiyaga maqolalar berildi.
Safarning keyingi kuni professor-o‘qituvchilar Tuproqshunoslik va agrokimyo, ekologiya kafedrasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ametov Yakub Idrisovich
Qoraqalpoq davlat universiteti
Biologiya fakulteti dekani,
biologiya fanlari doktori, professor
