QDU da psixologik “Art terapiya” mashgʻulotlari oʻtkazildi

“Art terapiya” san’ati insoning o‘zini namoyon qilish va o‘zini o‘zi bilishni, shuningdek, atrofdagi dunyo haqiqatini hisobga olgan holda konstruktiv harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirishi sanaladi. Art terapiya — o‘z-o‘zini ifoda etish va shaxsiy rivojlanishni uyg‘unlashtirish, shuningdek konstruktiv harakatlar qilish qobilyatini rivojlantirish san’atidir.

Bugun QQDU psixologi G.Reymbaeva tomonidan Chet-tillari fakultetida talabalar va tyutori D.Kalimbetova ishtirokida psixologik “Art terapiya” mashg‘ulotlari tashkil etildi. Talabalar mazkur tadbirda faol ishtirok etib, mashg‘ulotlar ularning muayyan sharoitga tezkor moslashishi, nevrotik holatlarni bartaraf etish, ijodkorlikni rivojlantirish, o‘z-o‘ziga hurmat hissini shakllantirish, kayfiyat va xatti-harakatlarini nazorat qilish va boshqarish kabi hissiy jarayonlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba -yoshlarning qobilyatlarini aniqlash va hayotda o‘z o‘rnini topish, stress va ruhiy charchoq holatlarini oldini olish, bartaraf qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, talabalar uchun ushbu psixologik trening ish faoliyati davomida yuzaga keladigan salbiy holatlarda zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

QQDU Matbuot xizmati

Foydali havolalar