Qoraqalpoq Davlat universiteti huzuridagi PhD.03.30.12.2019.T.20.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 02.00.13-“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Seminar majlisida Xolov Ilxom Abduqayumovichning 02.00.13-“ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi (texnika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan “Kalsiyli suyuq sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishining dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Seminar majlisida Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov, barcha seminar a’zolari hamda Toshkent davlat texnika universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar majlisini ilmiy seminar raisi, k.f.d, prof. Sh.Turemuratov boshqarib bordi.
Dissertant bayonatini yakunlaganidan so‘ng, savol javoblar bo‘ldi va ilmiy seminar a’zolari tamonidan dissertatsiya ishini yana da takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Muhokamadan keyin Xolov Ilxom Abduqayumovichning dissertatsiya ishi ochiq azozga qo‘yildi va keyin ushbu ilmiy tadqiqot ishiga rasmiy opponentlar va Yetakchi tashkilotlar tavsiya etildi.
Ilmiy seminar ilmiy kotibi, t.f.n, dots. R.Qurbaniyazov