
O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.
KIUT Toshkent xalqaro universiteti (Toshkent shahridagi sobiq Yodju texnika instituti) rektori Janpolat Shamuratovich Kudaybergenov 45 yoshida poytaxtda vafot etdi.
Janpulat Kudaybergenov 1978 yil 10 martda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001 yilda «Umid» Prezident jamg‘armasi orqali Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan.
2010−2014 yillarda Toshkent moliya instituti «Hisob va audit» fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014−2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida faoliyat olib borgan.
2018 yildan Yodju texnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lgan. 2019 yildan O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Janpolat Kudaybergenov rahbarligida universitet o‘z faoliyatini sezilarli darajada kengaytirdi, ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda u yerda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida hamda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda. Universitetning Namangan va Samarqandda filiallari mavjud.
Janpolat Kudaybergenovning dafn marosimi Nukusda bo‘lib o‘tadi.