Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati ushbu post-maqoladagi ilgari surilgan asosiy faktlarga quyidagilar maʼlum qilamiz:
Birinchidan, chet tili fani oʻqituvchilariga 2021-yil 19-may kungi PQ-5117-son qaroriga muvofiq ustama haqlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan qoplanadi va ushbu xarajatlar uchun vazirlik va idoralar kesimida oʻrnatilgan tartibda tegishli mablagʻlar ajratiladi.
Ikkinchidan, akademik litseylar muayyan oliy taʼlim muassalari tarkibiy tuzilmasiga mansub boʻlsa ham, amalda tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy-xoʻjalik ishlari boʻyicha alohida, mustaqil byudjet tashkilotidir. Yaʼni, itseyning hisob raqamlari, moliyaviy hisob-kitoblari va yer-mulklarini operativ boshqarish huquqlari jihatidan oliy taʼlim muassasasiga qaram emas. Oliy taʼlim muassasasi oʻz huzuridagi akademik litseyga oʻquv-uslubiy va begʻaraz moddiy-texnik yordam beradi, xolos.
Maqolada, OʻzR Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda OʻzR Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 31 q/q- 5-hh-sonli qoʻshma qaroriga eʼtiroz bildirilgan. Sababi, haqiqatan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalarida British Counsil APTIC-C sertifikatlariga 50% lik ustama berib kelinmoqda. OʻzR Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda OʻzR Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25 q/q va 4-hh-son qoʻshma qarorining 2-bandida: “Belgilansinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx-sonli qoʻshma qarorda keltirilgan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlarga ega pedagog xodimlarning ustamalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarga qadar saqlanib qoladi” deb koʻrsatilgan. 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx-sonli qoʻshma qarordagi roʻyxatda British Counsil APTIC-C sertifikati va boshqa shunga oʻxshash sertifikatlar mavjud hamda ular belgilangan muddatlarigacha kuchga ega boʻladi.
Oliy taʼlim muassasalarida bu borada 2021-yil 7-sentyabr kuni Adliya vazirligidan 3318-son bilan roʻyxatdan oʻtgan OʻzR VM huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda OʻzR VM huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarorlariga amal qilinib kelmoqda.