O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-seminar o‘tkazildi

Bugun universitetning Oʻzbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-seminar kuni boʻlib oʻtdi. Unda kafedraning stajyor-oʻqituvchisi Abdullayev Oxunjon Ikrom oʻgʻlining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Oʻzbek va qoraqalpoq tillarida zamonaviy leksikaning lingvokulturologik tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Unda kafedraning professor-oʻqituvchilari va rasmiy opponentlar qatnashdi. Dastlab O.Abdullayev dissertatsiyasi bilan tanishtirib, savollarga javob berdi. Soʻngra ichki opponent f.f.n., dotsent I.Kazakov hamda tashqi opponent f.f.f.d., (PhD), N.Allamuratovlar taqrizlarini oʻqib eshittirdi. Seminar yakunida barcha professor-oʻqituvchilar oʻz fikrlarini bildirib, dissertantga keyingi bosqichlarda muvaffaqiyat tilashdi. Dissertant O.Abdullayevning dissertatsiyasi 100% ovoz bilan keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Foydali havolalar