
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5357-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligining 2024-yil 01-10/100-sonli reja jadvaliga muvofiq, joriy yilning 20-may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan Nukus shahri A.Temur bogʻida “Maʼnaviyat ulashib” loyihasi doirasida “Biz birlashib, bir oilamiz!” shiori ostida konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Konsert dasturida Qoraqalpoq davlat universiteti va Buxoro davlat texnika instituti talabalari ishtirok etdi. Tadbirning rasmiy ochilish marosimida universitetning Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha birinchi prorektor S.Alauatdinov soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini va Buxoro davlat texnika instituti talabalarini samimiy tabrikladi. Shundan soʻng, universitetning Saʼnatshunoslik fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida konsert bilan davom etdi. Konsert davomida “Rektor kubogi” uchun tashkil etilgan “Universitet sport ligasi” va “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Konsert davomida universitet prorektorlari, professor-oʻqituvchilar va faol yoshlar soʻzga chiqdilar va ular oʻz nutqlarida yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida va davlatimizda yoshlar siyosatiga qaratilgan ustuvor vazifalarning amaliy natijalari haqida fikrlar bildirdilar. Qolaversa, taʼlim sohasidagi islohotlar, 5 ta tashabbus imkoniyatlari va sportni ommalashtirish borasidagi yutuqlar taʼkidlab oʻtildi. Tadbir yakunida Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar uchun kechki koʻngilochar tadbirlar bilan davom ettirildi. Tadbir talaba-yoshlar nigohida saqlanib qoladigan tarzda mazmunli oʻtdi.
