DIQQAT STIPENDIYA TANLOVI!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6-iyun kungi 3/15-4/4-8873-son xatiga asos Mamun universiteti tomonidan «Mamun universiteti stipendiyasi» tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Tanlov respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari bakalavr ta’lim yoʻnalishlarida (30 yoshgacha boʻlgan) 3-bosqichda tahsil olayotgan talaba yoshlar orasida aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlar kesimida ishtirok etishlari mumkin.

«Mamun universiteti stipendiyasi» tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Pasport, guvohnoma yoki ID karta nusxasi;
  2. Ma’lumotnoma (obyektivka);
  3. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma:

– transkript yoki reyting daftarchasi nusxasi;

  1. Tavsiyanoma (ta’lim muassasasi rahbari tomonidan, chet tillarini bilishi

to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikati borligi ko‘rsatiladi).

  1. Erishgan yutuqlar (guvohnomalar, ilmiy maqolalari uchun sertifikat, til sertifikati diplom, patent va hakozo, ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari).
  2. 4 ta 3,5×4,5 va 2 ta 10×15 rasm.
  3. Respublika yoki xalqaro tanlovlarda, fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risida hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
  4. Barcha hujjatlar bir nusxada maxsus jildga joylangan holda universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga 2024-yilning 20-iyun kuniga qadar taqdim etilishi kerak.

         «Mamun universiteti stipendiyasi» tanlovini oʻtkazish boʻyicha Nizom

         Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun telefon:

         A.Sharibayev

+998 93 614 26 76;

Batafsil

Foydali havolalar