
Joriy yilning 13-iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlarining Konsalting loyihasi hududiy koordinatori Dara Buxtoyarova tomonidan oliy ta’lim muassasalarining QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reytingi fanlari bo‘yicha Zoom platformasida onlayn seminar o‘tkazildi. Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor rahbarligida universitetning barcha kafedralaridan xalqaro hamkorlik bo‘yicha tegishli masʼullar ishtirok etdi.
Dastlab Dara Buxtayarova o‘zining taqdimoti yordamida QS reytingi, yer yuzidagi va Osiyodagi universitetlarning reytinglari haqida maʼlumotlar berib o‘tdi. Bundan keyin, Qoraqalpoq davlat universiteti faoliyati, QS reytingidagi o‘rni va fanlar bo‘yicha yutuqlari haqida aytib o‘tdi. Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tadigan bo‘lsak, 2024-yilgi QS universitetlar bo‘yicha reyting tadqiqotlariga ko‘ra, QDU tillar va injiniring & texnologiya fanlari yaxshi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib kelmoqda. Bunda yaʼni ta’lim yo‘nalishi eng ko‘p akademik nominatsiyalarni olgan sohalar, undan keyingi o‘rinda atrof-muhit haqidagi fanlar turadi.
Seminar davomida har bir soha va fanlarning faoliyati, hozirga qadar bajarilgan ishlar, shuningdek, fanlar bo‘yicha yozilgan maqolalar haqida to‘liq maʼlumotlar berib o‘tildi.





