Xalqaro hamkorlik

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Izimbet Turdimambetov rahbarligida 17-iyun kuni Xitoy davlati Tyanszin shahrida Tyanszin qishloq xo‘jaligi universiteti rektori, professor Jin Weiwei va ushbu universitetning maʼmuriyati aʼzolari bilan keng doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda joriy yilning boshida universitet rektori, akademik Axmed Reymov va Tyanszin rektori, professor Jin Weiwei bilan birgalikda tuzilgan memorandum shartnomasi asosida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida taʼlim sohasidagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, akademik mobillikni amalga oshirish, doktorantlarni ilmiy stajirovkaga yuborish, birgalikda konferensiyalar tashkil etish, Skopus bazasidagi jurnallarga maqolalarni nashr etish, birgalikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Bu uchrashuvda, ayniqsa, Qoraqalpoq davlat universiteti doktorantlari, o‘qituvchilari, Tyanszin qishloq xo‘jaligi universitetining ilmiy laboratoriyalaridan keng foydalanish, Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolarni hal qilish va oldini olish bo‘yicha qoʻshma loyihalar ishlab chiqilib rejalashtirildi. I.Turdimambetov rahbarligidagi QDU professor-o‘qituvchilarining xizmat safari davom etadi.

Bu uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bunda universitetlar o‘rtasida ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Foydali havolalar