Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari va Berdaq nomidagi stipendiya tanlovi oʻtkazilishini e’lon qilamiz.
Stipendiyalar tanlovida ishtirok etishni xohlovchi iqtidorli talabalar oʻzlari ta’lim olayotgan fakultet dekanatlari orqali roʻyxatdan oʻtishlari va fakultet dekanatlari nomzod talabalar boʻyicha tavsiyalarini 2024-yil 5-iyul sanasiga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirishi lozim.
Tanlov haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi orqali olishingiz mumkin.
Aloqa uchun telefonlar:
+998 93 614 26 76
+996 61 223 60 62