
Joriy yilning 1-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda yangidan bunyod etilayotgan talabalar turar joylarining qurilishini ko‘zdan kechirdi.
Dastlab vazir o‘rinbosari arxitektura fakulteti hududidan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, undan so‘ng universitet bosh binosi hududidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida yangidan qurilayotgan talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.
Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha universitet rektori A.Reymov hamda boshqa masʼullar bilan suhbatlashib, qurilishni belgilangan vaqtda sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Kaipbergenov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov, universitetning Moliya ishlari bo‘yicha prorektori A.Qudaybergenovlar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga ko‘ra, universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan arxitektura fakulteti hududidan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga muvofiq 50% davlat ulushi hamda 50% tadbirkor ulushi asosida universitet hududidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilishi olib borilmoqda.
QDU matbuot xizmati





