QDUda yangi talabalar turar joyining tamal toshi qo‘yildi

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimizning taʼlim sohasiga bo‘lgan alohida eʼtibori, yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratayotgan sharoitlari bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatib, talaba-yoshlarimizga yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ana shunday ezgu ishlarning davomi sifatida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 4-o‘quv binosi (Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti) hududidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi va zamonaviy talabalar turar joyining tamal toshi qo‘yildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, universitet rektori Axmed Reymov, universitet jamoatchiligi, “QARAQALPAQ STROY MONTUPRAVLENIE” MCHJ korxonasi va “QQTAMURLOYIHA MCHJ” loyihalash instituti xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini orttirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori asosida olib borilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi. Bundan so‘ng, yangi va zamonaviy turdagi talabalar turar joyining tamal toshi qo‘yilib, qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bo‘lib chiqishi uchun tilaklar bildirildi.

 

Foydali havolalar