QDUda 2024–2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda TTJlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 9 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, shundan, 8 ta TTJ binolari (1-, 2-, 3-, 4-, 5-6,-7,-8 sonli TTJlar) Nukus shahar, Sh.Abdirov ko‘chasi 1-uyda va 1 ta bino (9-sonli TTJ) Chimboy tumani Jańa makan ko‘chasi 1-uyda joylashgan. 2024/2025-o‘quv yilida jami 2510 ta o‘rin tashkil etilgan. Ikki qavatli yotoqlar 1095 ta, bir qavatli yotoqlar 479 ta mavjud. Me’yor asosida 750 ta shkaf, 2400 ta tumbochka, 750 ta stol, 2510 ta stul, 29 ta televizor, 63 ta muzlatgich, 2510 ta kitob javoni mebellar o‘rnatilgan. TTJ xizmat ko‘rsatish xonalari, jumladan, kir yuvish mashinasi 58, quritish moslamasi 35 ta yaroqli holatda, yuvinish xonalari 47 ta, TTJda ichki xojatxonalar soni jami 124 ta. Talabalar turar joylarining barchasi joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga еtkazilib, xonalar, yo‘laklarning ta’mirlandi va jihozlandi, dezinfeksiya qilindi, ikki qavatli yotoqlar, mebellar o‘rnatildi, kir yuvish, quritish, yuvinish xonalari, hojatxona, besh muhim tashabbus xonalari to‘liq ish holatiga keltirildi.

Har bir talabalar turar joyining o‘quv va kompyuter zallarida hamda fakultetlardagi axborot-resurs markazining axborot-kutubxonalarida jami 10 joyda barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskalari mavjud. QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasini tashkil qilishda universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalarini badiiy, ilmiy, siyosiy va o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda axborot-resurs markazi sayti, axborot-resurs markazining raqamli adabiyotlar bazalari, fakultetlarda tashkil qilingan Telegram kanallariga a’zo qilish va internetdan samarali foydalanishni rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu asosda QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasi orqali foydalanuvchilar o‘z smartfonlari orqali yaratilgan adabiyotlarni ko‘chirib olish va o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 1-sonli, 2-sonli, 3- sonli, 7- sonli talabalar turar joylari binolarida ham axborot resurs markazining talabalar turar joylaridagi filiallari mavjud. Talabalar turar joyining binolari yashash xonalari, madaniy dam olish xonalari mebellar bilan jihozlangan. Binolarning har qavatida 2 ta dan oshxona mavjud bo‘lib, har bir oshxonada 2 ta 4- kaforkali elektroplita, 2 ta ikki kamerali sovutgich hamda 10 litrli avtomat suv qaynatgich o‘rnatilgan va xonalarni tozalash uchun chang yutkich elektr jihozlari bilan ta’minlangan. Oshxonalar stol va stullar bilan jihozlangan. Oshxonalar sanitariya gigiyena talablariga to‘la javob beradi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talabalarni ijaraga va talabalar turar joylariga joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar markazi «Infokiosk» lar tashkil etildi. «Infokiosk»lar universitetning bosh binosi, 1-2-3, 4-5 va 7-8-sonli talabalar turar joylari oldida joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab talabalarga ijara uylari va yotoqxonalarga joylashtirish bo‘yicha o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

Ayni paytda universitetga yangi qabul qilingan 1-kurs, 2-kurs va yuqori kurs talabalaridan jami jami 1775 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib billing.edu.uz platformasi orqali ustuvorliklar bo‘yicha 1458 nafar talabaga yotoqxonaga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lib, qolgan talabalarning arizalarini ham platforma orqali ko‘rib chiqib qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda. 1-kurs talabalardan 581nafar, 2-kurs talabalardan 446 nafar, Yuqori kurs talabalari yani 3, 4-kurs talabalardan esa 431 ta onlayn arizalar kelib tushgan bo‘lib ushbu arizalarning barchasi Billing.edu.uz platformasi orqali ijobiy qabul qilinib yo‘llanmalar berilgan. Hozirda ushbu yo‘llanma olgan talabalarning barchasiga xonalar ajratilgan va joylashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Foydali havolalar