Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan universitet rektori 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Avval xabar berganimizdek, bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 2024/2025 o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan universitet rektori A.Reymov yangi o‘quv yilida universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda rektor A.Reymov muhtaram Prezidentimizning ta’lim sohasiga bo‘lgan alohida e’tibori, yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun ko‘rsatayotgan otalarcha g‘amxo‘rligi, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng, universitetning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari, xususan: Akademik dasturlarni takomillashtirish; talabalar uchun zamonaviy o‘quv binolarini qurish va texnologiyalar bilan ta’minlanganligi; xalqaro aloqalarning kengayishi va xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy loyihalar; tadqiqot laboratoriyalarining zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanishi; universitetning kelajakdagi rejalari, shuningdek, universitetimizda, o‘qib bilim olishi uchun talabalarga barcha imkoniyatlar yaratilgani haqida gapirib o‘tdi.

Suhbat davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Rektorning yangi o‘quv yilida talaba-yoshlar bilan uchrashib suhbatlashishi, universitetning kelajakdagi istiqbollari va imkoniyatlari haqida aytgan ma’lumotlari talabalarni o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlashga yanada ko‘proq o‘z ustida ishlashga undaydi.

 

QDU matbuot xizmati

 

Foydali havolalar