
Bugun, 11-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yilida universitet Ilmiy kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning barcha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra boshliqlari va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi.
Majlisni universitet rektori Axmed Reymov boshqarib bordi. U o‘z nutqida yangi o‘quv yilida universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini oshirish uchun barchaning birgalikda ishlashi zarurligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, Ilmiy kengash kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha asosan universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Duysenbayevning 2024/2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv platformalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va kelgusi rejalari, shuningdek, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinovning ma’naviy-ma’rifiy hamda yoshlar bilan ishlashni jadallashtirish masalalari bo‘yicha ma’ruzalari tinglanib, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Darhaqiqat, universitetning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari va yoshlar bilan ishlashni faollashtirish masalalari kengash kun tartibining muhim qismi bo‘lib, bu jarayonlarning barchasi talabalarning o‘quv va tarbiya jarayonini yaxshilashga qaratilgan. Ilmiy kengashda qabul qilingan qarorlar yangi o‘quv yili muvaffaqiyatli o‘tishi va talabalarga zamonaviy ta’lim berishda muhim ahamiyatga ega.
QDU matbuot xizmati





