O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-2025- o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F-36-son farmoyishi bilan O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.
Davlat grantlariga talabgorlardan arizalar 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun: QDU Xalqaro hamkorlik bolimi +99861 223-66-55, Telegram: @international6655