
Adib hayoti ҳақида.1954 yil 14 yanvarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Qo‘ytosh qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Qishloqdagi 4-maktabni tugatgan. Adabiyotga, she’riyatga 1965 yildan mehr qo‘ygan. 1970 yildan she’r mashq qila boshlagan bo‘lsa ham matbuotda ilk she’riy turkumi 1986 yil 27 iyun kuni “O‘zAS”da chiqqan. Oilali, ikki nafar farzandning otasi. Hozirda Toshkent shahrining Shayxontahur tumanida yashaydi. Adibning faoliyati haqida. 1979 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tugatgan. Turli yillarda O‘zbekiston agrosanoat davlat qo‘mitasining redaksiya-nashriyotida tarjimon, Yozuvchilar uyushmasi Targ‘ibot markazida tashkilotchi-muxbir, bosh muxbir, “Sport” gazetasida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari, bosh muharrir vazifasini bajaruvchi, “Ko‘zgu” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifasini bajaruvchi, “Jahon adabiyoti” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida 1-toifali muharrir, yetakchi mutaxassis, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bo‘lim mudiri, “Davr press” nashriyot-matbaa uyida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir erkin ijodkor.
Adib ijodi haqida. She’riyat, tarjima va publitsistika sohalarida ijod qiladi. Uning “Dil rozi”, “Tavallud”, “Yurak”, “Sevdim, sevildim”, “Qalbingda Alpomish yashasin”, “Sevgi tumori”, “Umid va Orzu”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Sizdan minnatdorman”, “Shirin olma”, “Munir ishq”, “Umrim fasllari”, “Orzu va Ohu”, “Navoiynoma”, “Shukur. Sabr. Umid!” nomli she’riy kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, “Prezident. Sport. G‘alaba!”, “Sening yulduzlaring, Vatan!”, “Chempionlik sirlari”, “Yolg‘iz senga yukundim, yurtim!”, “Dunyo mo‘jizalari”, “Bu dunyoga kelib topgan xazinam”, “O‘zbekiston farzandiman” va “Anna German” publitsistik to‘plamlari muallifi. “Yunusobod tennis klubi” va “O‘zbegimning bahodiri” kitoblarining hammuallifi. Maqolalari “O‘zbekiston iftixorlari”, “XXI asr: istiqbolimiz timsollari”, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”(1–12-jildlar), “Toshkent ensiklopediyasi”, “Quyoshli shahar – Solnechniy gorod – The sunshine city” kitoblariga kiritilgan.
Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati:“Hazrat Navoiyga ehtirom”, “Navoiy g‘azaliga muxammas”, “Umrim fasllari” kabi she’rlari, “Umid va Orzu”, “Anna va Zbignev” dostonlari, “Rasul Hamzatov”, “Qush tili” va “Hazrat Navoiy” dramalari, “Navoiy navosida o‘zbegim vasfi”, “O‘zbek tilim”, “Bashar, sizni sevish uchun tug‘ildim!”, “Adib! Alloma! Arbob!”, “Sizlar – buyuk shoir Alisher Navoiyning vorislarisiz…” singari maqolalari, “Mening Dog‘istonim”, “Qish edi”, “Hojimurod” kabi tarjima kitoblari sevib o‘qilmoqda.
Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari:
Adibning qo‘shiq bo‘lgan asarlari. “Yangi O‘zbekiston”, “Sog‘inch”, “O‘tgan kunlar” va boshqa she’rlari qo‘shiq bo‘lgan.
Adibning spektakl bo‘lgan asarlari. Spektakl bo‘lgan asarlari yo‘q. Lekin spektaklda she’rlaridan foydalanilgan.
Adibning qanday mukofotlari mavjud. “Shuhrat” medali(1999), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” Faxriy unvoni(2011) va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni(2023) bilan mukofotlangan.
Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari). “Shukur. Sabr. Umid!” she’riy kitobi(2023).
Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari. Matbuotda rus tiliga tarjima qilingan maqolalari chiqqan. Qozoq va tojik tillarida ijodi haqida maqolalar e’lon qilingan.
Adib tarjima qilgan асарлар.Рус tilidan Pol Breggning “Parhez mo‘jizasi”, Og Mandinoning “Akabar umidnomasi”, “XX asr she’riyati”, Viktor Vasilevning “Tal tilsimoti”, David Qug‘ultinovning “Noyob iste’dod”, Qaysin Quliyevning “Mening mukofotim” va “Qish edi…”, “Sevimli satrlar”, Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim”, “Onalarni asrang”, “Men yuz qizga shaydoman”, “Ayollar ko‘p, Ona yagona”, “Buyuk tuyg‘u”, Lev Tolstoyning “Hojimurod” kitoblarini tarjima qilgan. Tarjimalari Қ.Қулиевнинг “Hayrat”, Р.Ҳамзатовнинг “Umr karvoni”, R. Rojdestvenskiyning “Sevgi sadosi” kabi kitoblarga kiritilgan.
Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari.
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari yo‘q. Internet saytlariga asarlari qo‘yilgan.
Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar. Adabiyotshunoslar Bahodir Karimov, Qozoqboy Yo‘ldoshev tarjimalari, shoirlar Temur Ubaydullo, Turob Niyoz ijodi haqida maqolalar chiqargan.
Adib bilan bog‘lanish: 90-987-54-90, 97-470-54-90. telegram: 97-470-54-90