DIQQAT E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 03/1-671-sonli topshirigiga asosan yuqori boshqaruv darajasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (РАНХиГС) bilan birgalikda “Biznesni boshqarish (МВА)” – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlanganligini ma’lum qiladi.

Ta’lim sirtqi shaklda   bo‘lib, rus tilida   olib boriladi. Birinchi   o‘quv yili (1, 2 va 3-semestrlar, darslar Rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomnidan olib boriladi) O‘zbekistonda, ikkinchi o‘quv yili (4-semestr) Rossiya Federatsiyasida davom etadi. Dastur yakunida tinglovchilar Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining “Menejment magistri” va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish (МВА) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” magistri diplomlarini oladi.

Qo‘shma ta’lim dasturining (ikki diplom) bir yillik o‘qitish qiymati 2,0 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Magistraturaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktab direktori nomiga ariza bilan quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadilar:

  • o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining rahbarlari (rahbar o‘rinbosari)ning kafolat xati;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning (ilovasi bilan) va xorijga chiqish pasportining asl nusxalari, shuningdek, ushbu hujjatlarning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
  • ID karta nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 dan kam bo‘lmagan xalqaro sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Qabul bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni Oliy maktab veb-saytidan (https:// rgsbm.uz) va quyidagi 71-239-03-05, 71-239-03-02 telefon raqamlaridan olish mumkin.

 

Foydali havolalar