Joriy yilning 1-noyabr kuni soat 14:00 da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 10.00.12 ‒ Qoraqalpoq adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar majlisi Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi.
Majlisda Nukus davlat pedagogika instituti erkin tadqiqotchisi Arziev Sharapatdin Abdiraxmanovichning «I.Yusupov she’riyatida qushlar obrazi» mavzusidagi 10.00.12 ‒ Qoraqalpoq adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tadi.