Oliy taʼlim sohasidagi global tahlil agentligi tomonidan 2025-yil uchun eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 23 ta oliy taʼlim muassasasi top-1000 talikdan joy oldi. Bu oliy o‘quv yurtlari orasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ham bor.


Reyting natijalariga koʻra, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga Oʻzbekistonning 23 ta oliy taʼlim muassasasi kiritilgan boʻlib, bu mamlakat oliy taʼlimi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.