
Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, xalqaro doʻstlik, milliy istiqlol mafkurasining asosiy gʻoyalaridan biri, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Butun dunyoda millatlararo totuvlikni taʼminlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam oʻrganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda doimo eʼtiborga olish zarur.
Shu munosabat bilan O‘zbek filologiyasi fakultetida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni yanada yuksaltirish maqsadida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” nomli tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Islom sivilizatsiya markazi bo‘lim boshlig‘i A.Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bosh mutaxassisi X.Ibragimova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini G‘.Urazbayev ochib berdi va olib bordi.
So‘ngra, A.Murodov so‘zga chiqib, talaba yoshlarga diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlik tushunchalarini batafsil izohlab berdi. Bugungi kunda davlatimiz taraqqiyotida bu masalalarning o‘rni va ahamiyati nechog‘liq muhim ekanligi ta’kidlandi. Qolaversa, jamiyatda birlik, totuvlikni mustahkamlash bugungi davrda eng zarur jihat ekanligi, yoshlarning esa bunga befarq bo‘lmasligi hamda vaqtlarini faqat ilm olishga, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishga e’tibor qaratishga chaqirib o‘tdi.
X.Ibragimova o‘z so‘zida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishga, har xil yot g‘oyalar va xavfli oqimlarga kirib qolishining oldini olish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Talabalarga ma’naviy bo‘shliq bo‘lmasligi uchun foydali kitoblarni o‘qish, kerakli adabiyotlar bilan tanishib borish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Uchrashuv yakunida talabalarning ham fikrlari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.