Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan muhim vazifalarni e’lon qilgach, 2025 yilni «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot» yili deb nomlashni taklif etdi. Bu yana bir bor biz mutaxassislar uchun ona tabiatimizni asrab-avaylash eng muhim vazifa ekanini ko‘rsatadi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Biologiya fakulteti binosi atrofida «Yashil makon» aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, texnik-xodimlari, tyutor va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Fakultet atrofi obodonlashtirilib, belgilangan joyga «Katalpa,» «Aylant» va «Yapon Safurasi» manzarali ko‘chatlarining 500 tupi ekildi. «Yashil makon» umummilliy loyihasi bizning va sizning hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilash, havoni tozalashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, Jonajon Vatanimizni yashil makonga aylantirishda barchamiz o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Almat Sadullayev
Qoraqalpoq davlat universiteti
Biologiya fakultetining Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o‘rinbosari, PhD



