QDUda universitet Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida universitet Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning barcha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra boshliqlari va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishni universitet rektori Axmed Reymov boshqarib bordi.

Dastlab yig‘ilishda ilmiy unvonlarga nomzod universitet professor-o‘qituvchilarining attestatsiya hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish bo‘yicha universitet kengashi kotibi J.Biyimbetovning axborot tinglandi.

Shundan so‘ng, universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinov, shuningdek, 2024-2025 o‘quv yilida universitetga talabalarni qabul qilish natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasi mas’ul kotibi S.Sulaymonovning ma’ruzalari tinglandi.

Yig‘ilish davomida universitet rektori A.Reymov 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar, jumladan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va scopus xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida barcha fakultet dekanlari, kafedra va bo‘lim mudirlariga topshiriqlar berilib, rejalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’uliyatli yondashish zarurligi ta’kidlandi.

QDU matbuot kotibi

Foydali havolalar