«Yil talabasi 2024» tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi

Nukus shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida o‘rnatilgan yangi yil archasi atrofida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan «Yil talabasi 2024» tanlovi bo‘yicha universitet bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori A.Reymov ishtirok etib, talaba-yoshlarni yangi yil bayrami va bugungi qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, davlatimiz tomonidan berilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Shuningdek, ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, o‘z ustida muntazam ishlash va kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, «Yil talabasi 2024» tanlovi bo‘yicha universitet bosqichi g‘oliblari va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir qator talaba-yoshlar rag‘batlantirildi. Tadbir madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Bunday tanlovlar yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun; «Yil talabasi» respublika tanlovining universitet bosqichida talaba-yoshlar 7 ta nominatsiya bo‘yicha qatnashib, bunda uzluksiz (akademik tanaffussiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2-3 va 4-bosqich talabalari o‘rtasida ishtirokchilarning joriy yilda o‘zlari tomonidan yaratilgan muhim ilmiy ishlari, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, shu asosda tashkil etgan o‘z tashkiliy qobiliyatlari, qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlari, ularning muhim ilmiy tavsifini ko‘rib chiqib, e’tirof etildi.

QDU matbuot xizmati

 

 

 

Foydali havolalar